Ro‘yxatdan o‘tish: Kerakli aloqa ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda platformada ro‘yxatdan o‘ting.
Verifikatsiyaga o‘tish: Telefon raqamingiz tasdiqlangandan so‘ng, tizim sizni avtomatik ravishda verifikatsiya bosqichiga yo‘naltiradi.
Fotoverifikatsiya (MyID):
- MyID tizimida fotoverifikatsiyadan o‘tish uchun ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling.
- Yuzingiz ramka ichida joylashganiga ishonch hosil qiling va tizim ko‘rsatmalarini (boshni burish, ko‘z qisish va boshqalar) bajaring.
Ma’lumotlarning avtomatik to‘ldirilishi: Tekshiruv muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, barcha shaxsiy ma’lumotlaringiz MyID tizimidan platformadagi profilingizga avtomatik ravishda yuklanadi.
Tizimga kirish: Verifikatsiya yakunlangach, kirish sahifasiga o‘ting. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida yaratgan foydalanuvchi nomi va parolingiz yordamida tizimga kiring.
Agar ushbu bosqichda qiyinchilikka duch kelsangiz, tizim xatolik ko‘rsatsa yoki jarayon qotib qolsa, EGRIS qo‘llab-quvvatlash xizmatiga egris.uz/web/profile sayti orqali murojaat qiling.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq