Agar ma’lumotlaringizni kiritib, fotoverifikatsiyadan o‘tgan bo‘lsangiz, lekin hujjatlarni tekshirish jarayoni uzoq davom etib, yakunlanmasa, quyidagi amallarni bajaring:
- Internetga ulanishni tekshiring: Internet aloqasi barqaror ekanligiga ishonch hosil qiling. Agar signal uzilib qolsa, MyID tizimidan keladigan so‘rov yangilanmasligi va tekshiruv holati qotib qolishi mumkin. Mobil internetdan Wi-Fi’ga yoki aksincha o‘tib ko‘ring.
- Sahifani yangilang: Agar tekshiruv holati uzoq vaqt davomida o‘zgarmasa, sahifani yoping, platformaga qayta kiring va shaxsiy kabinetingizdagi joriy holatni tekshiring.
- Keshni tozalang yoki brauzerni almashtiring: To‘plangan ma’lumotlar tekshiruv holatining noto‘g‘ri aks etishiga sabab bo‘lishi mumkin. Saytni «Inkognito» rejimida yoki boshqa brauzer orqali ochib ko‘ring.
Agar tekshiruv yakunlanmasa: uzoq yuklanayotgan yoki qotib qolgan ekran skrinshotini oling va muammo tavsifi bilan egris.uz/web/profile sayti orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq